Mourino APLga qaytishi mumkin
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino "Nyukasl"ni boshqarishni istamoqda. Jamoaning hozirgi murabbiyi Eddi Xou ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Portugaliyalik mutaxassis Premer-ligaga qaytish niyatida. U Turkiyadagi hakamlik harakatlaridan norozi. Mutaxassis allaqachon jamoa rahbariyati bilan uchrashgan va ular bilan aloqada.
Ma’lumot uchun, Premer-ligada Mourino "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublarini boshqargan. U uch marotaba Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar