Mourino ular kerak emas
Italiyaning amaldagi chempioni “Milan” rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish maqsadida “Roma” hujumkor futbolchisi Nikolo Dzanoloni transfer qilishga urinyapti.
Milanliklarning 25 million evro atrofidagi birinchi taklifi rimliklar tomonidan keskir rad etildi.
Chempion jamoa endi Dzanolo uchun 40 million evro va futbolchilardan Salemakers yoki Ante Rebichni berish taklifini o‘rtaga qo‘ydi.
Joze Mourinoga “Milan” o‘yinchilari kerak emasligini inobatga olgan Rim klubi rahbariyati bu taklifni ham qabul qilmadi. Rimliklar Dzanoloni 55-60 million evroga baholagan va hujumchini aynan mana shu summani beradigan jamoaga qo‘yib yuboradi. Bundan tashqari, rimliklar to‘lovni bir necha qismga belib olishga ham rozi.



Fikrlar