Mourino: Hozir jurnalistlardan boshqa hech kim bilan gaplashmayapman
Portugaliyalik mashhur murabbiyi Joze Mourino “Real” yoki “Inter” kabi sobiq jamoasiga qaytishga qarshi emasligini bildirdi.
“Real” yoki “Inter”ga qaytish men uchun katta sharaf. Ammo, hozir men sizlardan (jurnalistlar. tahr) boshqa hech kim bilan gaplashmayapman.
Bilasizmi, futbolchi yoki murabbiy qachonki o‘zining sobiq jamoasiga qaytsa, bilingki u jamoa uchun qandaydir yaxshi ish qilgan. Agar seni yana chaqirishyaptimi, demak u erda seni qadrlashadi.
Hozir men xotirjam dam olish va so‘nggi bir necha yillar davomida boshdan kechirganlarimni tahlil qilish imkoniyatiga egaman. Barchasini o‘ylab bo‘lganimdan so‘ng, faoliyatimning yangi bosqichiga tayyorgarlik ko‘raman”, - deydi 55 yoshli portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Mourinoning so‘nggi ish joyi “Manchester Yunayted” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar