Mourino jarimaga tortildi

  • 3 noyabr, 2021, 16:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 11-turi doirasidagi markaziy bahsda "Roma" o‘z maydonida "Milan"ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

Italiya futbol federatsiyasi tartib-intizom kengashi "bo‘rilar" bosh murabbiy Joze Mourinoni mazkur bahsdagi xatti-harakatlari uchun jarimaga tortdi. Gap shundaki, portugaliyalik mutaxassis o‘yindan keyin hakamlar kiyim almashtirish xonasi yaqinida sodir bo‘lgan noxush holatlar uchun 10 ming evro to‘lashi kerak.

"Benazir" uchrashuv referisi manziliga bildirgan hurmatsiz so‘zlari uchun jazolangani ta’kidlangan. 58 yoshli murabbiy boshqaruvida rimliklar 19 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!