Mourino "Milan"ga qarshi o‘yinda ham hujumda 2 futbolchini o‘ynatmoqchi

  • 6 yanvar, 2022, 10:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatida 20-tur bahslarining barcha o‘yinlari bugunga belgilangan. A Seriyaning bu turida "Roma" safarda "Milan"ga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.

Tecno

Bellashuv oldidan "la gazzetta dello sport" nashri rimliklarning hujum chizig‘ida ikki nafar futbolchi harakat qilishini ma’lum qildi. Nashrda yozilishicha, Mourino bugun ham Temmi Abraxam va Nikolo Dzanolo tandemidan foydalanadi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa zaxirada vaqtini kutishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot o‘rnida, Abraxam A Seriyada 18 o‘yinda 6 gol urdi. Dzanolo 16 uchrashuvda bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shomurodov esa 15 marta maydonga tushib, 2 marta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!