Mourino Millatlar ligasida qaysi terma jamoa favoritligini aytib o‘tdi

  • 4 iyun, 2019, 15:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino UEFA Millatlar ligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogar kimligini aytdi.

Tecno

“Kim favorit? Portugaliya amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi. Qo‘shimchasiga u har ikkala o‘yinni ham o‘z maydonida o‘tkazadi. Agar kimningdir imkoniyatlarini yuqori baholashim kerak bo‘lsa, men Fernandu Santush jamoasini tanlagan bo‘lardim. Biroq, Gollandiya terma jamoasida van Deyk va de Ligt kabi futbolchilar bor”, - deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasi musobaqasining final bahslari 5-9 iyun kunlari Portugaliyada bo‘lib o‘tadi. Unda Angliya, Portugaliya, Shveytsariya va Gollandiya terma jamoalari ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!