Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan!

  • 24.10.2021 16:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoadagi vaziyat haqida gapirdi.

Tecno

- Ko‘pchilik “Roma” ustidan kulyapti. Klubga egaluv qiluvchi Fridkinlar oilasiga avvalgi xo‘jayinlardan bir uyum axlat meros bo‘lib qolgan. Hozirgi rahbariyat ularning xatosini tuzatish uchun juda katta mablag‘ sarfladi. Ular vaqt talab qiladigan loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratdi. Ustimizdan kulayotganlar esa, cho‘ntagini qappaytirib ketganlardir.

Agar kimdir Mourino norozi desa, bu yolg‘on. Mourino ko‘proq o‘yinchi olishni istayaptimi? Ha, albatta. U ham hamma kabi rotatsiya qilish imkoniga ega bo‘lishni xohlaydi. Mourino bir xil saviyadagi futbolchilarga muhtojmi? Xuddi shunday, lekin u noshukr emas, Fridkinlar va Tyago Pintoni hurmat qiladi. Mourino hammasini tushunib turibdi, - deydi Joze Mourino.

Ta’kidlash joizki, “Roma” Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi uchinchi turida Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasidan 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Joze Mourinoga tanqidlar ko‘payib ketdi.

Rossiyadan Italiyaga borgan futbolchilar ortga qaytadi! Shomurodovchi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!