
Mourino "Roma"ga APLda o‘ynayotgan hamyurtini olib kelmoqchi
Joze Mourino boshchiligidagi “Roma” yangi mavsum taraddudini boshlab yubordi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "bo‘rilar" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Neveshni Italiya poytaxtiga olib kelishmoqchi. 25 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi esa 40 million evroga baholanmoqda.
Nevesh yakunlangan mavsum APLda jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi.
Fikrlar