
Mourino sobiq shogirdini "Roma"ga olib kelmoqchi. Unga "Barsa" va PSJ ham da’vogar!
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Daily Star" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi xizmatiga "Barselona" va PSJ klublari qizqish bildirmoqda. Qolaversa, "Roma", "Nyukasl", "Lion" va "Milan" klublari ham Tangini xarid qilishga qarshi emas. "Transfermarkt" portali 25 yoshli havbekni 38 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Ndombele APLda 9ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar