Mourino "Yuventus"dan 10 ochko olib tashlangani haqida gapirdi

  • 23.05.2023 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino moliyaviy firibgarlik uchun “Yuventus” klubidan o‘n ochko olib tashlangani haqida gapirdi.

“Men butun jamoaga achinaman. Mavsum tugashiga ikki tur qolganda bunday qaror haqida bilish qandaydir shafqatsiz hazilga o‘xshaydi. Men o‘z ishini bajarayotgan, lekin boshqalarning xatolari uchun tovon to‘layotgan mutaxassislarga achinaman”, - dedi portugaliyalik mutaxassis Football-Italia nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu xabardan ruhiy tushkunlikka tushgan “Yuventus” kecha safarda “Empoli”dan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 36 turdan keyin 59 ochko bilan “keksa sinora” A Seriya turnir jadvalida ettinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!