Mourino yozda o‘ziga munosib o‘yinchilarni oladi

  • 13.05.2022 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” afsonasi Frantsesko Totti jamoa yozda yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirilishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, mashhur hujumchi Joze Mourino haqida ham iliq fikrlar aytdi.

- Mourino – dunyodagi eng zo‘r murabbiylardan. Rim klubi yozda unga munosib futbolchilarni olib berishiga ishonchim komil. “Roma” yildan yilga kuchayib borishi kerak, - dedi Franchesko Totti.

Totti butun faoliyati davomida “Roma”da o‘ynagan. Poytaxt klubidagi debyutini 1992-1993 yilgi mavsumda 16 yoshligida nishonlagan.

25 yillik faoliyati davomida 786 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 307 ta gol yozdirib qo‘ygan. Totti klubning avvalgi xo‘jayini Jeyms Pelotti davrida klub direktori vazifasida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!