Mudialdan keyin Oʻzbekistonga jiddiy tavsiya berildi

  • 30.06.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbolchilik faoliyati davomida  Rossiyaning CSKA va "Zenit" klublaridan tashqari, Ispaniya  va Bolgariya chempionatlarida o‘ynagan Vladislav Radimov Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yildagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabablari haqida fikr bildirdi.

- Menimcha, Fabio Kannavarodan asosiy talab — futbolchilarga ishonch ulashish edi. Lekin bunday darajada hech qachon o‘ynamagan o‘yinchilarning ko‘pchiligida baribir ishonch yetishmaygani ko‘rindi. 

Nega Kannavaro buni qila olmaganini aniq aytish menga qiyin. Mahorat darajasi jihatidan olganda ham, umumiy holatdan ham ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston terma jamoasi, albatta, raqiblardan zaifroq. Tajriba borasida esa aynan shu jihatda hali juda ko‘p narsani o‘rganish talab etiladi.

Masalan, Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi farq nimada? 

O‘zbekistonda Evropada to‘p suradigan ikki-uch nafar futbolchi bor, xolos. Kongo terma jamoasida esa deyarli barcha Fransiyada va Evropaning boshqa kuchli klublarida o‘ynaydi. Ular bunday musobaqalarga tayyor, mahorati va tajribasi yetarli.

Ilgari afrikaliklar faqat jismonan baquvvat bo‘lgan bo‘lsa, hozir texnik va taktik jihatdan ham yetarlicha shakllangan, rivojlanib bormoqda.

Shu nuqtai nazardan, bu mening ishim emasdek tuyulsa-da, o‘zbeklarga ochiq-oydin bir tavsiya bor: futbolchilar Yevropa klublariga ketib, o‘sha yerda o‘sishi, tajriba to‘plashi kerak. Shunda keyingi jahon chempionatiga kelib, O‘zbekiston ancha kuchliroq jamoa bo‘ladi, — dedi Vladislav Radimov.

Fabio Kannavaro 2025 yil 6 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. U bilan tuzilgan shartnoma 2026 yil 31 iyuligacha mo‘ljallangan.

Shomurodov mundialdagi omadsizlik sabablarini keltirib tashladi

O‘zbekiston futbolchisi mundialdagi omadsizlikdan keyin terma jamoadan ketdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
30/06/2026 15:02
Дарҳол янги кучли мутахассис таклиф этиш керак, Кападзе а бошқа Ўзбекистонлик мураббийлар бўлмайди
Saatov Ulugbek
30/06/2026 08:23
"У билан тузилган шартнома 2026 йил 31 июлигача мўлжалланган" муддат тугапти-ю, бу ёғига бай-бай Каннаваро экан-да