Muhammad Saloh “Liverpul”ga qattiq talab qo‘ydi

  • 30 noyabr, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Salohning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.

Misrlik futbolchi yaqinda klub unga yangi shartnoma taklif qilmagani va Liverpuldan ketishi mumkinligi haqida gapirib, jamoa rahbariyatiga bosim o‘tkazdi.

Muhammad Saloh yangi shartnoma bo‘yicha klub oldiga qo‘yadigan asosiy talablarini shakllantirib bo‘lgan.

Football Insider nashrining yozishicha, 32 yoshli yulduz “Liverpul” unga uch yillik shartnoma berishini kutyapti. Saloh 2028 yilning yozigacha jamoada qolmoqchi.

Muhammad “Liverpul”da 2017 yildan beri to‘p to‘pib kelmoqda. Bu jamoa safida Angliya chempionati va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!