Muhammad Salohni oladigan ikki superklub nomi ma’lum bo‘ldi

  • 10 sentabr, 2024, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhammad Salohning “Liverpul”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. 32 yoshli futbolchining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.

Misrlik to‘purar yaqinda “Liverpul”da oxirgi yilini o‘tkazayotganini aytganidan keyin uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istayotgan jamoalar paydo bo‘la boshladi. O‘z navbatida, liverpulliklar ham tajribali o‘yinchini yangi shartnomaga ko‘ndirishga harakat qiladi.

El Nacional nashrining yozishicha, Salohga Evropaning o‘zidan da’vogarlar chiqyapti. Turinning “Yuventus” klubi uni o‘z tarkibida ko‘rishni istayapti. “Yuventus” rahbarlari ayni paytda yangi loyiha quryapti va unda etakchilik rolini Muhammad Salohga topshirishga tayyor.

Bundan tashqari, PSJ xo‘jayinlari hujum chizig‘iga qo‘shimcha kuch sifatida katta tajribaga ega o‘yinchi qidiryapti. Ular bu masalani yopishga Muhammad Saloh har tomonlama to‘g‘ri kelishiga ishonyapti.

Muhammad Saloh 2017 yildan beri liverpulliklar sharafini himoya qilmoqda. Hujumchi hozirgacha 352 ta rasmiy uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 214 ta gol va 92 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!