Muhammad Salohning keyingi jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi

  • 20 aprel, 2024, 10:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Joriy mavsum yakunlanishi bilan “Liverpul”da jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Birinchi navbatda, jamoani uzoq yillardan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Yurgen Klopp o‘z lavozimini topshiradi va ma’lum muddat futboldan uzoqlashadi.

Germaniyalik mutaxassisning ketishi tarkibga ham ta’sir o‘tkazadi. The Sun nashrining ta’kidlashicha, jamoaning so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh ham “Liverpul”ni tark etigi kutilyapti.

Misrlik forvard “Al-Ittihod”ga o‘tishi aytilyapti. Saudiyaliklar bu transfer uchun 200 million funt tikishga tayyor.

Saloh  “Liverpul”ga 2017 yili “Roma”dan transfer qilingan edi. 31 yoshli forvardning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!