Muhammodqodir Toshtemirovda medallar shodasi

CHERY AUTO

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Xalqaro birdamlik musobaqasining uchinchi kunida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bahs bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz sharafini bir yo‘la ikki og‘ir atletikachimiz Hakimjon Shamsidinov va Toshtemir Muhammadqodirov himoya qildi.

Tecno

Dast ko‘tarish mashqida Hakimjon dastlab 143 kgni o‘ziga bo‘ysundirdi, ammo keyingi urinishlar omadsiz chiqdi.

Muhammodqodir Toshtemirov muxlis va mutaxassislar taxmin qilganidek raqiblariga imkon qoldirmadi. U dast ko‘tarishda 160 kg, siltab ko‘tarishda esa 181 kg tosh ko‘tarib oltin medalga ega chiqdi. E’tiborlisi, sportchimiz har ikki urinishda bittadan imkoniyatidan foydalanmadi.

Xalqaro birdamlik musobaqasi:

Erkaklar, -81 kg

 Muhammadqodir Toshtemirov (O‘zbekiston) – 341 kg (160 kg + 181 kg)

 Emil Moldodosov (Qirg‘iziston) – 333 kg (181 kg + 152 kg)

 Annaberdiev Rustem (Turkmaniston) – 326 kg (147 kg + 179 kg)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!