Muhriddin Tilovov: Rishod Sobirovdek bo‘lishni niyat qilaman

CHERY AUTO

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha Xalqaro dzyudo federatsiyasi musobaqalari taqvimidagi yuqori nufuzli musobaqa – “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi halqaro turnir davom etmoqda.

Tecno

Ushbu nufuzli musobaqaning -60 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Muhriddin Tilovov kuchli raqiblarini taslim etgan holda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan SPORTS.uz internet axborot portali sportchimiz bilan bog‘lanib, uning musobaqadagi ishtiroki va raqiblari borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Raqiblarim haqida gapiradigan bo‘lsam, Dashdavaa kuchli raqib. Ammo, o‘zimga ishongan holda, murabbiylarimning ko‘rsatmasiga amal qilganim sabab, ushbu g‘alabani qo‘lga kiritdim deb o‘ylayman. Mo‘g‘ulistonlik sportchi bilan Yaponiyada ham to‘qnash kelgandik va shu sabab uning xatolarini o‘rganib chiqqanimiz ham menga qo‘l keldi.

Endi yaponiyalik Toru Shishime bilan birinchi bor to‘qnash kelishim va uning qanday harakat qilishi haqida chuqur ma’lumotga ega emasdim. Endi kelgusi bellashuvlarda albatta, g‘alaba qozonishga harakat qilaman.

Shu bian birgalikda, albatta, men bu g‘alabam bilan cheklanish niyatim yo‘q. Asosiy maqsadim – 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish. Shunday ekan, bunday musobaqalar bilan cheklanib qolmagan holda o‘z tajribamni oshirib, yanada balandroq natijalarni qo‘lga kiritmoqchiman. Endi umuman olganda, yaponiyalik sportchilar kuchli raqib hisoblanishadi, ammo keyingi bellashuvlarda albatta, g‘alaba qozonishga harakat qilaman.

– Sizni OAVda Rishod Sobirovga qiyoslashmoqda...

Xudo xohlasa, hammasi oldinda. Rishod Sobirovdek bo‘lishni niyat qilamiz.

– Musobaqa davomida eng noqulay raqib sifatida kimni ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

Toru Shishimeni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!