
Mujibillo Tursunovdan navbatdagi g‘alaba
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Toshkent vaqti bilan 19:30 dan so‘ng -60 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov marokashlik Muhammad Hamudga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qiladi.
Mujibillo dastlabki raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.
Ikkinchi raundda ham vakilimiz ustunlikka erishdi - 5:0.
Uchinchi raundda hakamlar Mujibilloning g‘alabasini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy hisob ham 5:0. Mujibillo keyingi bosqichda.
Fikrlar