Mundialda bunaqasini faqat Xoland uddalayapti
Opta kompaniyasi statistik mutaxassislari Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holann haqida qiziqarli ma’lumot e’lon qildi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Holann 2026 yildgi jahon chempionatida quyidagi barcha usullarda gol urgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi:
- chap oyog‘i bilan;
- o‘ng oyog‘i bilan;
- boshi bilan;
- jarima maydoni ichida;
- jarima maydoni tashqarisidan.
Hozirgi mundialda to‘purarlar ro‘yxatida Erling Holann 7 ta gol bilan Kilian Mbappe bilan birgalikda ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ro‘yxatning yuqori pog‘onasida esa 8 ta gol urgan Lionel Messi joy olgan.
Jahon chempionati 1/4 finalida Norvegiya terma jamoasi Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar