Mundialga yo‘l olgan yana ikki jamoa nomi ma’lum

  • 15 noyabr, 2021, 02:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 saralashi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan ikki muhim uchrashuv yakuniga etdi. 

Ispaniya bu turda Shvetsiya ustidan kichik hisobda g‘alaba qozodi. O‘yinning 86-daqiqasida Morataning urgan goli bahs taqdirini hal qildi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng "qizil furiya" ochkolarini 19 taga etkazib olib, Qatardagi Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 15 ochkosi bor shvedlarda hali Mundialga chiqish imkoniyati mavjud. 



O‘z maydonida Serbiyani qabul qilgan Portugaliya hal qiluvchi bahsda mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvning 2-daqiqasida Sanshesh hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Tadich muvozanatni tikladi. Bahsning 90-daqiqasida Mitrovich jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. 

Ushbu natijadan so‘ng serblar ochkolarini 20 taga etkazib olib, Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 17 ochkoga ega Portugaliya endi Mundial yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichida ishtirok etadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!