
Mundialning zo‘rlari “Chelsi”ga kelsin!
Daily Express nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” rahbariyati yaqinda Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zini ko‘rsata olgan to‘rt futbolchini tarkibga qo‘shib olishga qaror qilgan.
“Aristokratlar” har bir chiziqni kuchaytirishni maqsad qilgan va bu boradagi harakatlarini qishki transferlar oynasi ochilishi bilan boshlaydi.
Bosh murabbiy Grem Potter birinchilardan bo‘lib, Angliya terma jamoasining 23 yoshli yarim himoyachisi Aleksis Makallisterni olmoqchi. Bu mutaxassis “Brayton”dan kelgani uchun sobiq shogirdining imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Kodi Gakpo to‘purarlik mahoratini jahon chempionatida ham namoyish qildi. Shu bois, “Chelsi” 23 yoshli niderlandiyalik hujumkor futbolchiga da’vogarlik qilayotgan klublar qatoriga qo‘shildi.
“Dinamo Zagreb”ning 27 yoshli darvozaboni Dominik Livakovich Xorvatiya terma jamoasining mundialda uchinchi o‘rinni egallashiga katta hissa qo‘shdi. “Chelsi” bu golkiperni olib, hozirgi darvozabonlar – Eduar Mendi va Kepa Arrisabalagani qo‘yib yuborishga tayyor.
“Yuventus” vakili Adrien Rabo Frantsiya terma jamoasi safida juda ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. “Chelsi” vakillari 27 yoshli yarim himoyachini Kante va Jorjinoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Fikrlar