Murodjon Ahmadalievga "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni beriladi

  • 1 fevral, 2020, 21:29
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, jahon miqyosida o‘zbek sporti shon-shuhratini yanada oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mayami shahrida professional boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada yuksak azmu shijoat va mahoratini namoyon etib, yurtimiz boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo‘nalishlarida g‘alaba qozonib, rekord natijani qo‘lga kiritgani hamda yoshlarimizga ibrat namunasini ko‘rsatib, ular ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi katta xizmatlari uchun boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Axmadaliev Murodjon Qahor o‘g‘liga «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni berilsin.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi

            Prezidenti                                                                      Sh.Mirziyoev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нура Сайитова
01/02/2020 22:33
Ota onasini orzu havasini korsin hamisha bu bolaga meni havasim keldi hoh ishoning hoh ishonmang bir narsadan hursand bolaman AMUR TEMURLAR JALOLIDIN MANGUBERDILAR QONI OQADIGAN HALQ HECH
Нура Сайитова
01/02/2020 22:39
HECH QACHON HECH KIMDAN KAM BOMIDI OLGA MUROTJON AHMADALIYEV UNVON MUBORAK SEN HALI REKORDLARNI YANGILASHDA DAVOM ETASAN BIZ SENGA ISHONAMIZ