Musiala: Messi mening qahramonim

  • 18 dekabr, 2024, 12:37
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" va Germaniya terma jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi Jamal Musiala "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messini o‘zining sevimli futbolchisi deb atadi.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xavbekning so‘zlarini keltirdi.

"Bolaligimda futbolkamning orqa tomonida deyarli har doim Messi ismi bo‘lar edi. Menda Neymarning ismi yozilgan futbolka ham bor edi. Biroq, Messi mening qahramonim, sevimli o‘yinchim!"

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Musiala barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda qatnashib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 130 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!