MYu, "Liverpul" va "Milan" ko‘zlayotgan futbolchining narxi qancha?

  • 23 dekabr, 2020, 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Tecno

“Qizil iblislar”ning bu borada “Shalke” himoyachisi Ozan Kabakni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda. Gelzenkirxenliklar yozda 20 yoshli turkiyalik futbolchini 44 mln evroga baholashgan edi. Ammo pandemiya sabab klubda yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz tufayli ular Kabakni 27,5 mln evroga sotishga ham rozi.

Ta’kidlash kerakki, Ozanga MYudan tashqari “Liverpul” va “Milan”dan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.

Ozan Kabak joriy mavsum Bundesligada jami 8 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!