“MYu” 20 yoshli iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 16 yanvar, 2017, 09:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Manchester Yunayted” jamoasi rahbariyati “Atalanta” klubi yarim himoyachisi Frank Kessiga e’tibor qaratdi.  

Mirror nashrining ma’lum qilishicha, “MYu” vakillari 20 yoshli ivuarlik futbolchining agenti bilan aloqaga chiqib, uning transferi borasida muzokara olib borgan.

Avvalroq yosh iqtidor egasiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirgandi. Kessi joriy mavsumda “Atalanta”ning 17 uchrashuvida maydonga tushib, 7 golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!