MYu Amorim davrida rekord o‘rnatdi
"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining 15-turidan o‘rin olgan bahsda "Vulverxempton"ni mag‘lubiyatga uchratdi.
"Bo‘rilar"ga qarshi uchrashuvda mankunialiklar darvoza tomon 27 marta zarba yo‘llagan. Chempionat autsayderi bilan o‘yindagi natija Amorim uchun "qizil iblislar" boshqaruvidagi eng sermahsul uchrashuvga aylandi. "Manchester Yunayted" bundan yaxshiroq natijani 2023 yilda qayd etgan. O‘shanda jamoa "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini 28 marta “o‘qqa tutgan” edi.
Ma’lumot uchun, manchesterliklar ayni vaqtda APL turnir jadvalida 25 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar