MYu Madrid klubi futbolchisi uchun 150 million evro taklif qilmoqchi

  • 16 fevral, 12:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. "Diario Sport"ning ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli hujumchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Qizil iblislar" futbolchi uchun yozgi transfer oynasida 150 million evro taklif qilishga tayyor. Manchesterliklar Alvaresning "Atletiko" tarkibidagi o‘yinidan taassurot qoldirgan. Biroq Xulian Madrid klubida hamma narsadan mamnun va jamoani tark etishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2024 yil yozida "Manchester Siti"dan "Atletiko"ga o‘tgan. Joriy mavsumda Alvares 36 o‘yinda maydonga tushib, 17 gol va 4 assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!