
MYu "Tottenxem" futbolchisini xarid qilmoqchi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Dayer faoliyatini boshqa bir APL klubida davom ettirishi mumkin.
Star nashri xabariga ko‘ra, angliyalik xavbek xizmatlariga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Transfermarket nashri 27 million evroga baholayotgan xavbek uchun "qizil iblislar" yozdayoq taklif yuborishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Tottenxem" agar Dayer klub bilan shartnomani uzaytirishni xohlamasa, uni yozda transferga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot berilgan edi. Dayerning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil yozigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi "shporlar" libosida 11 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gollik uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar