Nahotki! Eldor Shomurodovga Saudiya va Italiya klublaridan taklif bor

  • 2 avgust, 2022, 17:24
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Bir necha kun oldin legionerimizga A seriyaning ikki jamoasi “Bolonya” va “Torino” qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Kecha esa Angliya Premer ligasi vakili “Vulverxemton” xam Eldorni o‘z safiga qo‘shib olish borasida muzokara olib borishga tayyorligi aytildi.

Rossiyaning “Match TV” nashri xabariga ko‘ra, Shomurodovga da’vogarlar ro‘yxati beshta jamoaga ko‘paydi.

Endi hujumchi uchun "Bolonya", "Torino" va "Vulverxempton"dan tashqari Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" va A seriyasining yana bir klubi "Sassuolo" ham qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda "Roma"ning barcha turnirlari doirasidagi  40 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov o‘tgan mavsum Rim klubi bilan Konferentsiyalar ligasida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!