
Namangandagi ochilish uchrashuviga qancha tomoshabin tashrif buyurdi?
Xabaringiz bor, Superliga yangi mavsumi Namanganda "Navbahor" hamda "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. O‘yinni kuzatib borish uchun minglab muxlislar stadionga tashrif buyurishdi.
"Navbahor" klubining matbuot xizmati berayotgan ma’lumotga ko‘ra, o‘yinni kuzatish stadionga 17358 nafar muxlis tashrif buyurgan. Bu juda ajoyib ko‘rsatkich, vodiyda futbolga qiziqish yuqori.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin "So‘g‘diyona"ning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golga Shohruz Norxonov mualliflik qildi.
Fikrlar