
Nani barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi kimligini aytdi. U Pele ham, Maradona ham emas
AQShning "Orlando Siti" klubi yarim himoyachisi Nani "Yuventus"dagi hamyurti Krishtianu Ronalduni barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb aytdi.
“Men ajoyib futbolchilarni ko‘rdim, hatto o‘tmishda ham. Maradona, Pele...Men u bilan birga ko‘p sovrinlar yutdim va uni juda hurmat qilaman. Raqamlar aldamaydi. Ular Krishtianu Ronaldu - tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanini ko‘rsatmoqda”, - deydi Nani.
35 yoshli Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. U bu borada faqatgina Lionel Messidan (6) ortda qolmoqda.
Fikrlar