
"Napoli" La Liga grandlari qiziqayotgan futbolchisining tovon pulini oshirmoqchi
“Napoli” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Fabian Ruisga yangi shartnoma taklif qilmoqchi va uning tovon pulini120 million evroga oshirib qo‘ymoqchi.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha tomonlar hozirda yangi shartnomaning muddati va maosh masalasini muhokama qilishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Ruisning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha imzolangan va u hozirda yiliga 2 mln evro maosh olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ruisga “Real” va “Barselona” klublaridan qiziqishlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar