"Napoli" Xamesni sotib olish fikridan qaytdi

  • 23 iyul, 2019, 20:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

"Napoli" klubi ortiq "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges uchun kurashmaydi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra A Seriya grandi 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun “qirollik klubi” talab qilayotgan 40 million evroni to‘lay olmaydi. Shu sababli endi uning “Atletiko”ga o‘tishi tobora oydinlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xames so‘nggi ikki mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazgan edi. Biroq, myunxenliklar futbolchining iltimosiga ko‘ra uni sotib olishmadi.

Endi “Napoli” bu boradagi e’tiborini PSV hujumchisi Irving Losanoga qaratadi. 23 yoshli meksikalik futbolchi eyndxovenlilar safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 74ta o‘yinda maydonga tushdi va 40ta gol hamda 23ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!