"Napoli" Xvicha o‘rniga "hech qaerga sig‘mayotgan" futbolchini ko‘zlamoqda

  • 12 yanvar, 20:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" yulduzi Xvicha Kvaratsxeliya tez orada klubni tark etishi kutilmoqda. Klub mutasaddilari uning o‘rnini to‘ldirish uchun APLdan futbolchi olib kelmoqchi. Bu haqda "Mirror" nashri xabar berdi.

Tecno

Unga ko‘ra, Italiya klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi  Markus Reshfordni qo‘lga kiritish uchun jiddiy bel bog‘lagan. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim angliyalik hujumchini deyarli tarkibga jalb qilmayapti. Hozirgi kunda Markusni "Barselona", "Arsenal", "Milan", "Komo" va Saudiyaning bir necha jamoalari o‘z safida ko‘rmoqchi.

Malumot uchun, 27 yoshli hujumchining mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning Transfermarkt portalidagi narxi 55 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!