
"Nasaf" - “Moxun Bagan” uchrashuviga oid ma’lumot
22 sentyabr kuni OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalida Qarshining “Nasaf” klubi Hindistonning “Moxun Bagan” jamoasini qabul qiladi.
Uchrashuv 20:00da Qarshidagi "Markaziy" stadionda o‘tkaziladi. Bellashuvdan bir kun avval jamoalar vakillari ishtirokida mitinglar bo‘lib o‘tdi. Unda klublar qaysi rangdagi liboslarda harakat qilishlari kelishib olindi.
Ertangi bellashuvda “ajdarlar” to‘liq ko‘k rangli boslarda, mehmonlar esa to‘liq oq rangli liboslarda maydonga tushadi.
Fikrlar