"Nasaf" 13 yanvar kuni nazorat uchrashuvini o‘tkazadi

  • 8 yanvar, 2022, 06:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Ajdarlar” 3 yanvardan boshlab Qarshidagi qarorgohida yig‘ilishgan. Hozirgi kunda futbolchilar ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

Tecno

3 yanvar kuni milliy terma jamoa yig‘ini uchun jalb etilgan futbolchilarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tib, klub ixtiyoriga kelib qo‘shilishgandi. Ular hozir “Nasaf” bilan mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda. Umidjon Ergashev, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Abubakr-Rizo Turdialiev, Oybek Bozorov, Xusayn Norchaev hamda jamoa massajchisi Andrey Bezborodov 9 yanvar kuni milliy terma jamoa ixtiyoriga qo‘shilishadi.

“Nasaf” yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida 13 yanvar kuni soat 14:00 da “Geolog” stadionida “Buxoro” jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

"Nasaf" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!