
"Nasaf" Abdixoliqov va Umarov harakat qiladigan jamoani mag‘lub etdi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan "Nasaf" navbatdagi bahsda maydonga tushdi. Unda "ajdarlar"ga Qozog‘istonning "Ordabasi" klubi qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvda yagona gol Husain Norchaev hisobiga qayd etildi. Ushbu gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Bundan oldingi bahsda hamyurtlarimiz Ukrainaning "Minay" jamoasi bilan 0:0 hisobida nursiz durang o‘ynagandi.
Ma’lumot o‘rnida, "Ordabasi" safida hamyurtlarimiz Bobir Abdxoliqov va Shahboz Umarov harakat qiladi.
Fikrlar