
"Nasaf" Antaliyadagi ilk o‘rtoqlik o‘yinini g‘alaba bilan boshladi
"Nasaf" klubi Antaliya yig‘ini doirasida bugun Gruziyaning "Kolxeti Poti" jamoasiga qarshi bellashdi.
O‘yin 4:1 hisobida "Ajdarlar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Nasaf": Oleksandr Vorobey, G‘olib G‘aybullaev, Zafarmurod Abdirahmatov, Javohir Sidiqov, Sardorbek Bahromov, Suhrob Nurulloev, Bahodir Halilov, Dragan Cheran, Oybek Bozorov, Davronbek Usmonov, Umarbek Eshmurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Azizbek Ahrorov, Igor Golban, Murodbek Rahmatov, Rubin Xebay, Stefan Cholovich, Diyorbek Asomiddinov, Sharof Muhitdinov.
Gollar: Dragan Cheran, 22 - 1:0. Bahodir Halilov, 49 - 2:0. Oybek Bozorov, 51 - 3:0. Oybek Bozorov, 53 - 4:0. David Krasovskiy, 73 - 4:1.
Fikrlar