"Nasaf" bugun chempionlikni rasmiylashtiradi...mi?

  • 7 noyabr, 2022, 10:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superligada 25-tur bahslari o‘tkaziladi. Bu safar barcha – 7 ta juftlik bir vaqtda bo‘lmasa-da, shu bugunning o‘zida o‘z o‘yinlarini o‘tkazadilar. Uchrashuvlarning boshlanishi soat 14:00 dan 18:30 ga qadar. Chempionat deyarli poyoniga etib qoldi. Faqat hammani qiziqtirayotgan masala bu joriy yilgi O‘zbekiston chempionligi kimga nasib qilishidir.

Tecno

Shuning uchun ko‘pchilik mutaxassislar bu yilgi birinchiligimizni oldingilariga qaraganda ancha boshqacha, intrigaga boy o‘tayotgani xususida gapirishmoqda. Yodimizda, avvallari bir necha tur oldin chempion jamoa nomi aniq bo‘lib ulgurardi. Bu esa o‘z-o‘zidan chempionatga bo‘lgan qiziqishni haminqadar pasaytirib yuborardi. Bu safar hammasi boshqacha. Hali chempion nomi noma’lum. Bu yo‘lda uchta klub jon-jahdi bilan kurashyapti. Da’vogarlarni bilsiz: “Nasaf”, “Paxtakor” va “Navbahor”. Ochkolari 49, 48 va 47 ta.

Yaqinda “Nasaf” klubi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. Ammo o‘yindan keyingi matbuot anjumanida g‘olib bo‘lgan bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiev Superligadagi chempionlik asosiysi ekanini aytib, bor e’tibori shunga qaratilganini ham qo‘shimcha qilib o‘tgandi. Har yili sovrinli o‘rinlar uchun kurashib keladigan “Ajdarlar” bu yil har qachongidan ko‘ra chempionlikka juda yaqin kelib qoldilar. Ularda O‘zbekiston chempionatida yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Faqatgina oltin medal – chempionlik etishmay kelmoqda. Lekin endi hammasi boshqacha. Chunki chempionlik taqdiri “Nasaf”ning o‘z qo‘lida qolgan. Oldinda esa ikkita o‘yin turibdi. Bugun Qarshida “Neftchi” bilan o‘ynasa, 12 noyabr kuni Toshkentda “Olimpik” mehmoni bo‘ladi. Ko‘pchilik “Nasaf” uchun chempionat so‘nggi turida “Olimpik”ka qarshi bahs juda murakkab kechishini va ta’bir joiz bo‘lsa, raqobatchilari ham ularning o‘sha erda qoqilishini kutmoqdalar.

nasaf1_3

Lekin “Nasaf” bugun chempionlik masalasini ham qilib qo‘yishi mumkin! Chunki futbolda hamma narsa bo‘lishi tabiiy. Oltin medallar uchun boshqa da’vogarlar – “Paxtakor” o‘z uyida “Qizilqum”ni qabul qiladi, “Navbahor” Bekobodda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushadi. Agar bugun “Paxtakor” bilan “Navbahor” durang qayd etib, “Nasaf” yutadigan bo‘lsa ham qarshiliklarni chempionlik bilan tabriklasak bo‘laveradi. Chunki oxirgi turda ochkolar tenglashgan taqdirda ham “Nasaf”ning “Paxtakor” bilan o‘zaro uchrashuvlardagi natijasi ijobiy.

Qarshiliklarning turnir jadvalidagi ko‘rsatkichlari ham yaxshi holatda. Jamoa faqat bir marta yutqazgan. Yodingizda bo‘lsa, 14-turda “Nasaf” o‘z maydonida “Navbahor”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Lekin o‘sha mag‘lubiyat ham qarshiliklarni chempionlik yo‘lidagi kurashda aslo to‘xtata olmayapti.

berdiev5

Albatta, hozirgi hayajonli paytlar yaqinlashayotgani sayin “Nasaf” bosim ostida qolyapti. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Garchi buni jamoa a’zolari tan olgisi kelmasa-da, baribir azaliy orzusi – chempionlik yo‘lida bosim bo‘lishi tabiiy. Boz ustiga raqobatchilari izma-iz ta’qib etib kelmoqda. Oxirgi natijalarga qarasak, “Nasaf” raqiblarini asosan bitta to‘p farqi bilan yutib kelmoqda. 1:0 yoki 2:1, bo‘lmasa durang! Oxirgi marta 10 sentyabr kuni “Surxon” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urgan. Biz nima demoqchimiz? Hozir shunday paytki, “Nasaf”ga endi chiroyli o‘yinning u qadar ahamiyati qolmadi. Hamma gap natijada. Chunki chempionlikka yaqin kelgani sari natijaning qiymati juda qadrli bo‘lib boraveradi. Agar ming chiroyli o‘ynasangiz-u, biroq natija bo‘lmasa bu “Nasaf” uchun qanday foyda? Shu sababli Berdiev va uning jamoasi uchun natija eng ustivor vazifaga aylangan. Buni o‘tgan turda Qarshida “Dinamo” bilan bahsda ham ko‘rdik. Superligani tark etib ulgurgan jamoa darvozasiga “Nasaf” ko‘proq gollar ursa kerak, yirik hisob kuzatiladi, deganlar ko‘p bo‘lgandi. Biroq shu kuni “Ajdarlar” minimal hisob – 1:0 bilan cheklandi. Bu ham yuqoridagi fikrimizga misol bo‘ladi. Chunki ularni to‘g‘ri tushunish mumkin. Hozir xato qilishga haqqi yo‘q. Agar qoqiladigan bo‘lsa, og‘zidagi oshni oldirib qo‘yishi mumkin. Lekin ko‘pchilik bunga ishonmayapti va “Nasaf”ning birinchi chempionligiga erishishiga ishonishyapti.

Qiziq, aynan bugun chempionlikni tantana qilishlari ham mumkin yoki uzog‘i bilan 12 noyabr kuni! Oxirgi turgacha biror-bir kutilmagan natijalar qayd etilmasa, “Nasaf” bayramga tayyornalaversin...

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Joxa1989
07/11/2022 11:04
Nasaf chempion
Baxil Alihuja
07/11/2022 12:55
Чин дилдан чемпионликни Насафга тилайман!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/11/2022 11:44
Agar. Sudiya PFL UFA. Nasafga qarshi kurashmaganiga hozirgacha Nasaf chempion bulgan bulardi. Uta kulgulik. Nasaf Chempion bulsa medallarni toqarkan. chunki kattalarni yozi ham bulmasa kerak. taqderlashka. ochigi. man uylovdim sudiya ochiqcha uyinlarni legiropka qilganiga. Ravshan Ermatov jonli eferga chiqib. nimader desa kerak deb uylovdim.
SAMAR JALILOV
07/11/2022 13:05
Nasaf-AGMK oxirgi daqiqalardagi hakamning qovuni
Nasaf-Sogdiana hakamning yosh bolalarcha hatosi
Nasaf-Lokomotiv yana osha hakamlar.
Ko'pchilik etishi mumkin futbol 90 minut oynaladi deb. Lekin saviya jihatidan 2 ta jamoa to'g'ri keladigan bolsa oddiy "out" ham oyin taqdirini hal qilishi mumkin. Nasaf olib qo'yilgan ochkolar evaziga allaqachon chempion bo'lishi kerak. Agar Nasaf chempion bo'lmaydigan bo'lsa katta armiya shundoligicha ko'ngli qoladi