"Nasaf" "Buxoro" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi

  • 13 yanvar, 2022, 21:55
  • Bekzod Isayev
  • 1
CHERY AUTO

"Nasaf" yangi mavsumga tayyorgarlikni Qarshi shahrida olib bormoqda. Jamoa yig‘in davomida o‘rtoqlik o‘yinlarini rejalashtirgandi.

Tecno

Bugun "ajdarlar" Buxoroning "Buxoro" jamoasi bilan kuch sinashishdi. Uchrashuv "Geolog" stadionida tashkil etishdi. Bellashuv jangovar 2:2 hisobida o‘z yakuniga etdi.

Mezbonlardan gollarga Shahzod Akramov va Shahboz Nuriddinov, buxoroliklardan esa Firdavs Asadov hamda Fayzullobek Jumaqo‘ziev mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Nasaf" yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi va kichik tatilga chiqdi. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 17 yanvar kuni yana Qarshidagi qarorgohda yig‘iladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
14/01/2022 01:56
"Насаф"га Бобир Друлович етишмаяпти