"Nasaf" ertaga ko‘k libosda maydonga tushadi

  • 12 mart, 2018, 14:01
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, bugun  “Al Sadd” - “Nasaf” uchrashuvi oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida  miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, mitingda bir qator tashkiliy masalalar qatori, ertaga bo‘ladigan “Al Sadd” - “Nasaf” uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritildi.

Demak, ertaga qarshiliklar ko‘k  rangli liboslarda maydonga tushishadi. Qatarning “Al Sadd” jamoasi futbolchilari esa, oq rangli formalarda maydonga tushadigan bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, OChL-2018 4-tur doirasidagi “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi ertaga, 13 mart seshanba kuni, Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!