
"Nasaf" futbolchisi, legionerlar va O‘zbekiston U-20 vakili - "Buxoro" 6 ta yangi transferni e’lon qildi
O‘zbekiston Superligasining ikkinchi davrasida munosib ishtirok etishni maqsad qilgan "Buxoro" davralar oralig‘ida tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Klub 6 ta yangi transferni e’lon qildi.
1. Frani Ikich - 1994 yil Xorvatiyada tug‘ilgan. Ampulasi markaziy himoyachi, bo‘yi 194 sm. Faoliyati davomida “Zadar” (Xorvatiya), “Koper” (Sloveniya), “Sibalia” (Xorvatiya) “Fuzinar” (Sloveniya), “Zeljeznisar” (Bosniya) “Gyirmot” (Vengriya) “Valez” (Bosniya) kabi jamoalarda to‘p tepgan.
2. Luka Kukich - 1996 yil Bosniya va Gertsegovina davlatida tug‘ilgan. Ampulasi darvozabon. Futbolchilik faoliyatida Xorvatiya, Bosniya va Polsha jamoalari sharafini himoya qilgan.
3. Muhammadjon Rahimov - 1998 yil Tojikiston davlatida tug‘ilgan. Har ikkala qanotda harakatlana oladi. Faoliyati davomida “Hosilot”, “Istiqlol”, “Ordabasi”, “Nasaf” kabi klublarda o‘ynagan. Tojikiston milliy terma jamoasi safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
4. Diyor Ortiqboev - 2003 yilda tug‘ilgan. "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, U-20 Osiyo chempionati g‘olibi. Markaziy himoya va tayanch yarim himoyada birdek harakatlana oladi. Diyor ijara asosida jamoada harakatlanadi.
5. Asilbek Qayumov - 2002 yilda tug‘ilgan, markaziy hujumchi. "Turon" va "Metallurg" jamolarida to‘p tepgan.
6. Mahmud Jo‘raboev - 2004 yilda tug‘ilgan, hujumchi. “Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zosi. Jo‘raboev mavsum oxiriga qadar ijara asosida buxoroliklar tarkibida maydonga tushadi.
Fikrlar