"Nasaf" klubi "Ahal" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng yaxshigina pul ishlab oldi va jamoaga yana bonus ham taqdim etiladi

  • 26 avgust, 2021, 01:43
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" OFK kubogi doirasida "Ahal" jamoasi ustidan g‘alaba qozonib (3:2), qoida bo‘yicha 100 ming AQSh dollariga ega chiqdi.

Tecno

O‘yin yakunida Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev ham jamoaga 100 million so‘m ajratadigan bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

- Bu g‘alabalar ortida yurt sha’ni va nufuzi turibdi. Rag‘bat va tilak esa futbolchilarni yanada harakatchan bo‘lishga, g‘alaba sari olg‘a borishga undaydi, - dedi tabrik so‘zida Zoyir Mirzaev.

OFK "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvi g‘olibi, ya’ni yarim final ishtirokchisiga 100 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
biloljon
26/08/2021 10:38
Pulni baribir yeb yuborib yana oʻtkan yilgi gadoylichigini boshlidi