
"Nasaf" muxlislari uchun bundan yaxshi xabar bo‘lmaydi!
"Nasaf" futbol klubi bosh homiysi "Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi" Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi final bahsiga borishga qulay sharoit yaratish maqsadida 10 ta avtobus ajratdi.
Final bahsiga borishni maqsad qilgan muxlislardan 30 oktyabr soat 09:00 Qarshidagi "Markaziy" stadion oldida yig‘ilishlarini so‘rab qolamiz.
"Navbahor" - "Nasaf" o‘rtasidagi final bellashuvi 30 oktyabr soat 17:00 da boshlanadi.
"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati.
Fikrlar
Qashqadaryo...