
"Nasaf" o‘rtoqlik bahsida Tojikiston chempionini mag‘lub etdi, yangi legionerdan dubl!
Halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Nasaf" Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi maydonga chiqdi. Ushbu bellashuvda "ajdarlar" ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkala golga ham yaqinda tarkibga qo‘shilgan legioner Jigauri mualliflik qildi. U oldinroq "Mash’al" va "Sho‘rtan"ga qarshi nazorat uchrashuvlarida ham gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, tanaffusdan so‘ng "ajdarlar" Superliga 14-turini safarda o‘tkazadi. Unda qarshiliklarga "Andijon" klubi raqiblik qiladi. Bellashuv 28 iyul soat 20:00 da start oladi.
Fikrlar