
"Nasaf" safida yana bir legioner. Qarshiliklar Ro‘ziqul Berdiev kutgan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi
O‘zbekistonda kishki transfer oynasi yopildi. "Nasaf" klubi jarayon tugashiga 10 daqiqa qolganda yana bir legionerni PFLda ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida xabar berdi.
- Transfer oynasi yopilishiga 10 daqiqa qolganida "Nasaf" bosniyalik futbolchini chempionat uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. Qarshi klubi qish davomida so‘nggi soniyalargacha kurashdi va rejalarini haminqadar amalga oshirdi. 2021 yil "Nasaf" uchun muvaffaqiyat tomonidan ham, saboq taraflama ham katta maktab bo‘ldi. Biz klublarimiz bilan birgalikda o‘sishga harakat qilyapmiz, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Eslatib o‘tamiz, Superkubok oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev jamoaga yangi hujumchi kelishi mumkinligini aytgandi. Ya’ni nomi sir tutilgan hujumchi bilan muzokara o‘tkazilayotgani, agar tomonlar kelisha olsa, shartnoma imzolanishini ma’lum qilgandi. Bu orqali Ro‘ziqul Berdiev kutgan uchta chiziqdagi transferlar amalga oshgan bo‘lishi ta’kidlandi. Amalda shunday ham bo‘ldi.
Murabbiy boshqa pozitsiyalarni Sharof Muhitdinov va Ivan Solovyov bilan to‘ldirilganini bildirdi. Eng asosiy maqsadlardan biri esa hujumchi olish bo‘lgandi.
Fikrlar