"Nasaf" va "Paxtakor" o‘rtasidagi Superkubokda doim bir xil hisob qayd etilgan. Bu gal-chi?

  • 24 avgust, 2023, 10:17
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Jizzaxda katta futbol bayrami. "So‘g‘diyona" stadioni Superkubok bahsini qabul qiladi.

Tecno

Mamlakatimizning kuchli jamoalari "Paxtakor" va "Nasaf" o‘zaro bellashadi. "Sherlar" Superliga chempioni sifatida, "ajdarlar" esa kubokni qo‘lga kiritib, mana shu uchrashuvga etib keldi. O‘yin 19:30da boshlanadi.

Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, Superkubok 7 marta o‘tkazilgan. "Paxtakor" 4 marta ishtirok etgan va ikki bor sovrinni qo‘lga kiritgan. "Nasaf" uch marta qatnashib, bir bor g‘alabaga erishgan.

Qiziq tomoni, bugungi jamoalarning g‘alabalari aynan o‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan. Ya’ni qarshiliklar 2016 yili "Bunyodkor" stadionida "Paxtakor"ni 1:0 hisobida taslim etgan. "Paxtakor" 2021 yili "Dinamo" o‘yingohida, 2022 yili "O‘zbekiston" arenasida "Nasaf"ni huddi shu hisoblarda dog‘da qoldirgan.

Quyida "Nasaf" va "Paxtakor"ning O‘zbekiston Superkubogidagi o‘zaro to‘qnashuvlarida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

2016 yil. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:0. "Bunyodkor" stadioni (Toshkent)

2021 yil. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0. "Dinamo" stadioni (Samarqand)

2022 yil. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0. "O‘zbekiston" stadioni (Farg‘ona)

Sizningcha, bugun qanday hisob qayd etiladi? Kommentlarda yozib qoldiring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Камбарали дехконов
24/08/2023 18:10
2;1 пахтакор хисобига