
"Nasaf" yana ikki futbolchisi bilan xayrlashdi
"Nasaf" jamoasi bir necha futbolchilar bilan xayrlashdi.
"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi va hujumchi Bobir Abdixoliqov, tajribali himoyachi Doniyor Narzullaev klubdan ketdi. Shahzod Akramov esa "Qo‘qon-1912" jamoasiga ijaraga berildi. Bu haqda "ajdarlar" matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" o‘tgan mavsum Superliga chempioniga aylangan edi.
Fikrlar