
"Nasaf" yo‘l olgan OFK kubogi finali qaerda o‘tkaziladi?
Biroz avval "Nasaf" OFK kubogi yarim finalida Gonkongning "Li Man" jamoasini qabul qildi. Bellashuvda qarshiliklar qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
"Ajdarlar" dastlab 2 ta gol urgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda mehmonlar muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha taymda esa Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari gol urib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Agar "Quvayt-SK" finalga chiqsa, Quvaytdagi epidemiologik vaziyat tufayli hal qiluvchi o‘yin Qarshida bo‘lishi mumkin!
Eslatib o‘tamiz, 2011 yilgi OFK kubogi finali Qarshida o‘tkazilgandi va o‘shanda mezbonlar g‘alaba qozonib, kubok sohibiga aylangandi. 10 yillik tanaffusdan so‘ng "Nasaf" finalga chiqdi.
Fikrlar