
"Navbahor" - "Neftchi" o‘yini uchun chiptalar bugun sotuvga chiqadi. O‘tgan safar bepul edi, bu safar-chi?
“Navbahor” – “Neftchi” o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 14:00 dan boshlab, Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingoh kassalarida sotuvga chiqadi.
Chiptalar narxi 2 va 21-sektorlar uchun 20 000 so‘m, qolgan sektorlar uchun esa 15 000 so‘m etib belgilangan.
Chiptalarni xarid qilishga shoshiling hamda sevimli jamoamizni “vodiy derbisi”da bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlang, aziz muxlislar!
Eslatma: “Navbahor” – “Neftchi” o‘yini 17 may kuni soat 19:00 da start oladi, - deya xabar bermoqda “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 7-turda “Navbahor” o‘z maydonida “Bundyokor”ni qabul qilib 2:1 hisobida zafar quchgan bahsda tomoshabinlarning stadionga kirishi bepul qilib qo‘yilgan. Shu sababli o‘sha kuni uchrashuvni stadionda bevosita 26231 nafar muxlis kuzatib borgandi.
Fikrlar